jaholatga qarshi ma’rifat insho rejasi bilan
Reja
1 Yoshlar ta’lim va tarbiyasi
2 Ma’rifat inson ma’naviyati
3 Ta’lim tizimining bosh maqsadi
Respublikamizda bugun yoshlar ta’lim va tarbiyasi davlat siyosatining dolzarb masalalaridan biriga aylanganligi hech kimga sir emas. Sababki, Ozbekiston Respublikasi aholisining oltmish foizidan koprogini yoshlar tashkil etadi. Shuning uchun ham mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha ijobiy ozgarishlar zamirida har tomonlama barkamol – jismonan soglom, aqlan yetuk, nafaqat koplab bilimlarni, hozirgi davrda talab katta bolgan kasb-hunarlarni egallagan, ayni paytda, mustaqil va ijodiy fikrlashga qodir, intellektual salohiyati yuksak yosh avlod togrisida gamxorlik qilishdek ustuvor maqsad mujassam ekanligi tabiiydir. Yurtboshimiz takidlaganlaridek, oldimizda turgan eng ezgu maqsadlarimiz–mamlakatimizning buyuk kelajagi ham, ertangi kunimiz, erkin va farovon hayotimiz ham, Ozbekistonning XXI asrda jahon hamjamiyatidan qanday orin egallashi ham – bularning barcha-barchasi, avvalambor, yangi avlod, unib-osib kelayotgan farzandlarimiz qanday insonlar bolib voyaga yetishiga bogliqdir.
Insonning insonligi, birinchi navbatda, uning ma’naviy axloqiy jihatdan barkamolligi, pokligi bilan belgilanadi. Ma’naviy-axloqiy inson ota-onasi, farzandlari, qarindoshlari, xullas, butun oila a’zolari, qoni-qoshnilari, mahalla-kuyi, qishloqdoshlari va butun mamlakat, xalq farovonligi haqida qayguradi.Umuman olganda, Ozbekistonda jamiyatni tubdan yangi demokratik asoslarda qurish va uni har tomonlama rivojlantirish xalqning dunyoqarashi, ma’naviyati bilan bevosita bogliqdir.
Respublikamiz Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning yurtimizda ta’lim sohasini tubdan isloh qilish bilan bogliq holda aytgan quyidagi gaplari fikrimiz dalilidir: “Ta’limning maqsadi voyaga yetmaganlarni mahalla-koyning koz oldida saqlash, yurish-turishi, kiyinishi, ozini tutishini nazorat qilish yoki yoshlar ortasida oz joniga qasd qilish, erta tugruq, turli oqimlarga qoshilib qolish kabi vajlar bilan ularni “doimiy infantil yosh bola” statusida saqlab qolish emas. Ta’lim tizimining maqsadi sipo, oq koylak, qora shim kiygan olomonni yetishtirish ham emas.
Ta’lim tizimining bosh maqsadi mustaqil fikrlaydigan avlodni shiddat bilan ozgarayotgan global dunyoda yashab ketishga tayyorlash, ularni boshqa mamlakatdagi tengqurlariga nisbatan raqobatbardosh qilish va shu orqali millatning ravnaqini ta’minlashdir. Yoshlari kasbsiz, mahorat va malakasiz, mustaqil fikrlamaydigan, organishni organmagan millatlar zaiflashib, boshqa millatlarga yem bolishini tarix ming bir marta isbotlab bergan… Shunday ekan hozir bizga ta’limning yangi islohoti kerak”[1].
Yurtboshimiz rahbarligida “Yoshlarga oid davlat siyosati”2ning qabul qilinganligi, unda asosiy masalardan biri sifatida yoshlarning ta’lim olishiga alohida orin ajratilganligi, yoshlar ma’naviy olamini boyitish maqsadida “Kitobxonlik madaniyatini oshirish” togrisidagi qaror3ning qabul qilinishi hamda qaror ijrosi sifatida respublika miqyosida kitobxonlar bellashuvining otkazilishi, goliblarga qimmatbaho sovgalarming taqdim etilishi ham fikrimizni dalillaydi.
Bugun rivojlanayotgan davlatimizga jahon mamlakatlari mutaxassislari bilan bemalol raqobatlasha oladigan intellektual salohiyat egasi bolgan ijodiy fikrlovchi, ma’naviyati yuksak shaxslar zarurdir. Zero, ma’naviyati yuksak shaxs har xil oqimlarga qoshilmaydi, aniqrogi, jaholat ta’siriga berilmaydi.
Ma’rifat inson ma’naviyatining choqqisi bolsa, jaholat uning aksi inson zotining zavoli, kushandasidir.
«Men ozimdagi barcha yaxshi fazilatlar uchun kitobdan minnatdorman», degan edi XX asrda yashab otgan uluglardan biri. Kitob – insoniyat ijodiyotining chinakam hayratlanarli va e’tiborga loyiq belgisi, insoniyat yaratmishlari ichra takrorlanmas mojizadir. Kitoblar qatida kechmish zamonlarning aql-idroki yashaydi, xoki tuproqlari tush misol qachonlardir tozgib ketgan odamlarning ovozi burro va aniq yangrab turadi.