MEHRJON BAYRAMIGA MEVALAR HAQIDA SHE’R
Olma:

Olmadir mening ismim
Biram yoqimli hidim
Anor:

Loladek qip qizil rangdaman
Mevalar ichra a’loman
Nok:

Xush ko‘rishar azaldan
Shirindurman asaldan
Uzum:

Marvarid shodasiday
Ishkomlarda osig‘liq
Tarvuz:

Men kabi shirin ne’mat
Topilmaydi dunyoda
Qovun:

Tanaga quvvat berar
Tilimim tilni yorar
Sholg‘om:
Men haqida ertaklar
Yaxshilikka yetaklar
Sholg‘om bobo deb meni
Tabobatda siylashar
Pomidor:

Men bilan taomlar
Chiroyli rangga kirar
Palov to‘ra yonidan
Menga albat joy yetar
Baqlajon:
Kaminani nomlari
Mulla baqla, baqlajon
Oshpazlar salat qilsa
Yeb to‘ymaysiz hech qachon
Qovoq:
Meni derlar qovoq, kadi
Ming dardga darmon kadi
Anor:

– Garchi bo‘yim pastgina,
Po‘stim ham yarashiqli.
Mevam qizil donacha,
Anor shaklim o‘zgacha
Behi:
– Malla tukli momiq po‘st,
Artsang chiqar qattiq po‘st.
Deyishar meni behi,
Mevalar shohi behi.
Shaftoli:

– Mayin tukli, momiqqina,
Yesang yumshoq, suvlikkina.
O‘rik menga qarindosh,
Shaftoliman hali yosh.
Uzum:

– Gar o‘rmalab o‘ssam ham
Mevalarim ko‘p g‘ujum.
Charos, toyfi, husayni,
Deydilar meni uzum.
Nok:
– Shaklim misli nosqovoq,
G‘irchillayman yegan chog‘.
Yesang deysan ko‘p rahmat,
Nokman, kelgin marhamat.
SABZI VA OLMA DIALOGI
Olma:
– Men daraxtda pishaman,
Pishsam to‘p-to‘p tushaman.
Shaklim yum-yumaloq,
Rangim qizil, sariq oq.
Bog‘bon bobom mevasi,
Hammaning arzandasi.
Daraxtdir mening uyim,
Sog‘liq tilashdir o‘yim.
Sabzi:
– Yer ostidir makonim,
Quyoshni ko‘rmas yuzim.
Lekin shifobaxshlikda,
Qolishmasman, chin so‘zim.
Rangim qizil yo sariq,
Shaklim uzun va oriq.
Dehqonning zahmatidan
Bo‘larman elga tortiq.
Olma:
– Ona quyosh taftidan,
O‘sib bahra olamiz.
Elimiz dasturxonin,
To‘la-to‘kis qilamiz.