Qaldirg‘och haqida sherlar, bolalar uchun

Qaldirg‘och haqida sherlar, bolalar uchun, qaldirg’och bu bahorning elchisi bu ajoyub qush haqida sherlar toplami bizning saytda.

QALDIRG’OCH UCHIB KELDI


Yana sevinch ulandi
Sevinchimning ipiga.
Qaldirg’och uchib keldi
Ayvonimiz shiftiga.
Qaldirg’och uchib keldi,
Yana bahor, yana gul.
Bog’lar chorlar qo’yniga:

  • Kel, bag’rimga, o’yna, kul!
    Qoilarda kichik savat,
    Dala-qirga chiqamiz.
    Sevinchlar dilda qat-qat,
    Gul termoqqa chiqamiz.
    Gul teramiz dastalab,
    O’qituvchiga atab,
    Esar bahor yellari
    Yuzimizni siypalab.
    Yana ortga qaytamiz,
    Do’stlarimiz yoniga.
    Sho’x qo’shiqlar aytamiz
    Gulbahorning sha’niga.
    Yana sevinch ulandi
    Sevinchimning ipiga.
    Qaldirg’och uchib keldi
    Ayvonimiz shiftiga

bahor va qaldirg’och


​​Bahor keldi o’lkamizga
Yana keldi qaldirg’och

Humo qo’ndi yelkamizga
Borliq bizga bag’ring och

Bahor fasli tarovatin
Shunda bildim tabiat

Qish ketib bahor keldi
Quyosh bobo nuring soch

Bahor kelinchak misol
Sepin yoydi olamga

Ko’rib ko’zing quvnaydi
Boychechagu lolamga

Sen yaproqdagi shabnam
Fasllarning sarasi

Qo’y qo’zilar o’tlagan
Yaylovlarning egasi

O’zingdir olam ko’rki
Fasllar kelinchagi

Bolasi orom olgan
Kelinchak belanchagi

Senda hayot mujassam
Sen yasharish faslisan

Yangi yil ibtidosi
Yorqin hayot aslisan

QALDIRG’OCH

Erkdan nishona bo’lib,
Nurli peshona bo’lib,
Uchib keldi qaldirg’och,
Ko’kda otib keng quloch
Baxt-iqbol olib keldi,
Istiqbol olib keldi.
Erksevar yuraklarga,
Istiqlol olib keldi.

Mavsumiy qushlar.

Kuz kelganda qushlar,
Uchib ketar janubga,
Chunki sezadi ular,
Yaqin qolganin qishga.

Laylak,turna,qaldirg’och,
Yana yovvoyi o’rdak,
Issiq ulkàga uchar,
Ular mavsumiy qushlar.

Xayr qushlar,qushlarjon,
Bizlar seni kutamiz,
Yig’ib quydim sizga don,
Kelsang qushiq aytamiz

✍: Islomova Mukambar

Qaldirg’och qanotida

Qaldirg’och qanotida
Orzu ko’kka bo’y cho’zdi.
Bog’imda nargis gullar
Quyoshga qarab o’sdi.
Sochga tolbargak taqib,
Yalpiz terdik bir etak.
Ko’k somsalar yopamiz,
Nasibamiz mo’l, demak

O‘qing!  AMMAJONLARGA sherlar

Qushlar

Hoy qushlàrjon qushlàrjon
Bizlar sizni sog’indek
Uchib kelasiz qachon
Sizlarga uycha qurdik

Dumi qaychi qaldirg’och
Uchib kelar dimog’ cho’g’
Qorinchasi qolmasin och
Tezroq ularga don soch

Beozorim musicha
Chiroylisan sen buncha
Sen uchib kelguncha
Havo isiydi ancha

Biz qushlarni asraymiz
Aslo ozor bermaymiz
Ular bizga qushiq aytar
Dilllarimiz hushnud etar

✍: Islomova Mukambar

Quvnoq daqiqalar

Qaldirg’och g’och-g’och,
Eshigingni tezroq och.
Eshigingni ochmasang,
Menga kulib boqmasang,
Tuynugingdan kirarman,

Qaldirg‘och


Sho’x qaldirg’och
Sayrar g’och-g’och:
— Bahor keldi,
— Bahor keldi.
Tojdor turna
Chalar surnay:
— Bahor keldi,
— Bahor keldi.
Jilg’a quvnab,
Oqar kuylab:
— Bahor keldi,
— Bahor keldi.
Hammadan ham
Biz shod, xurram:
— Bahor keldi,
— Bahor keldi.

QALDIRG’OCH
Odam do’sti — qaldirg’och,
Ko’zlari kuladi qiyg’och.
Bola ochar ko’klam-yoz,
Ini loy, oy nusxa, soz.

Qaldirg’och qayib uchar,
Qanotin yoyib uchar,
Navro’zda qozon to’lsa,
Elimizni baxt quchar.

Qaldirg’och

Qaldirg‘ochim,qaldirg‘och,
Ikkimiz ayirmasin,
Qalbi qora qarg‘alar,
Qanoting qayirmasin.

Загрузка ...