sog’inch sevgi haqida sherlar, sevishganlar romantik rasmlar sevgi, yashirin sevgi,
💞 SEVGI💔
Sokin tun yolg’izlik ajib bir kecha
Yurak baxtliman deb boshqa aytmaydi
Senla o’tgan kunlar edi o’zgacha
Afsus u kunlar ortga qaytmaydi…
Tun bo’ldim yolg’izlik kechalarida
Endi sensiz xatto tonglar otmaydi
Sog’inchning azobli ko’chalarida
Taqdir dardlarimga davo sotmaydi…
Nechun kelmading.
Seni kutdim, kutdim ko’p uzoq
Yo’llaringga ko’zlarim mushtoq
Kelishingdan aylabon ogoh
Bevafo yor nechun kelmading?
Yuragimni qilding ming pora
Nechun ko’ngling bo’ldi qop-qora
Topildimi sevgiga chora
Bevafo yor nechun kelmading?
Va’dangga sen vafo qilmading
Senga bo’lgan sevgim bilmading
Yuragimni yondirib o’tda
Bevafo yor nechun kelmading?
Yuragingda bormi o’zga yor
U bo’larmi senga vafodor?
Qora tunlar o’tdiku bedor
Bevafo yor nechun kelmading?
https://sherlari.uz
Sogʻinchimni sotgan koʻzimdan,
Tilda poylab yotgan soʻzimdan.
Telbadayin oʻzim oʻzimdan ,
Yuragimga yashirdim sizni.
Koʻzingizga boqmay qarayman,
Qoʻl ushlashib sochingiz tarayman.
Sizga aytmay sizdan soʻramay.
Yuragimga yashirdim sizni.
Vujudimga solib choʻgʻ titroq,
Taqdir dedim yondirsa firoq.
Toki tanim boʻlguncha tuproq,
Yuragimga yashirdim sizni..
https://sherlari.uz
YuraK
Mayli yurak uni
Unutma endi
Lek soginib yiglab
Ezmagin meni
Tunlari bedor
Izlatib uni
Yaramni yangilab
Qoymagin meni
Sen eslasang ham
U eslamaydi
Sen yiglasang ham
U yiglamaydi
Bir umir izlasang ham
Endi qaytmayd
Izlab yurak
Ozingni qiynama endi
Erib ketar qalbingiz toshi
Oqar közdan ojizlik yoshi
Yetmas ekan inson bardoshi
Siz baribir sevib qolasiz.
Yurak qurg’ur topmaydi taskin
Könglingizga sevgi qurar in
Tan oling bir kunmas bir kun
Siz baribir sevib qolasiz.
Siz mag’rursiz bilaman buni
Sizni kutar baxtning butuni
Yuragiz ,,ox» chekkan bir kuni
Siz baribir sevib qolasiz
Qalbingizni nimtalar armon
Xatto yurak topmaydi darmon
Bu aslida xudodan farmon
Siz baribir sevib qolasiz…
KELASAN
Jim ketding so’zlarim tinglamay,
Beqiyos mexrimni anglamay.
Bir lahza g’ururing o’ylamay-
Kelasan yonimga kelasan…
Egilib mag’rur bu boshlaring,
Bir kuni qadrimni bilasan.
Yuzlaring yuvganda yoshlaring-
Kelasan, yonimga kelasan…
Gulyuzlaring siypalab hijron,
Mayin soching silaydi armon.
Ishq dardiga topolmay darmon-
Kelasan, yonimga kelasan…
Ko’changdan topolmay izlarim,
Ko’chamda shamoldek yelasan.
Sog’inib ishq to’la ko’zlarim-
Kelasan, yonimga kelasan…
Termulib biz yurgan yo’llarga,
Xazondek sarg’aygan gullarga.
Xar kuning tuyilib yillarga-
Kelasan, yonimga kelasan…
Sezganday o’z qilgan aybingni,
Anduhlar egallab qalbingni.
Aytolmay hech kimga dardingni-
Kelasan, yonimga kelasan…
Dardlaring sig’may tor yurakka,
Tilasan, bag’ringni tilasan.
Faryoding yetguday falakka-
Kelasan, yonimga kelasan…
Ayriliq onlarin cho’zolmay,
Muhabbat qasrini buzolmay.
Jasurdan ko’nglingni uzolmay-
Kelasan, yonimga kelasan…
💌🥀 https://sherlari.uz
NEGA SENI UNUTDIM?
Sen haqingda juda uzoq òyladim
Òyimga yetolmay qon bòlar bağrim
Sevgi shaxriga men yetolmay qoldim
Ayt Azizim Nega seni unutdim?
Yòlimga gullar sochding òsha kun
Bòynimga tumor taqding òsha tun
Senga zor kòzlarim bugun
Ayt Azizim seni nega unutdim?
Qalbimdan bahor ketib xazonda qoldim
Quyoshni yòlin tòsib olovda yondim
Azoblar tugarmikan bir kuni jonim
Ayt Azizim seni nega unutdim?
Mana tugar bòldi bahor fasli ham
Yuragimni esa toshdek bosar ğam
Qara jonim,qara kòzlarimda nam
Ayt Azizim seni nega unutdim?
Eslaysanmi òshal yoshlik choğlarni
Gòzal xiyobon -u adir boğlarni
Unutmadim qalbimdagi doğlarni
Ayt Azizim seni qanday unutdim?
Sohta oshiqlarga qoldimi kunim
Ajratolmay qoldim dòstim,dushman kim
Dilnoz aytar «Qani kechagi baxtim «
Ayt Azizim seni nega unutdim???
https://sherlari.uz
Shõxman demang mendan qolasiz
Yolĝizginam õziz bõlasiz
Rash õtida kuyib yondirib
Nega õzga qizga qaraysiz.
Olloh oldida bir bandalarmiz
Otash olovida yongan qalblarmiz
Õzgalardan qizĝonaman bilasiz
Nega õzga qizga qaraysiz.
Olislardan turib kelaman
Hayolan doim siz bilanman
Aytganiz qilib chiqmayman uydan
Nega õzga qizga qsraysiz.
MANA ENDI MENGA QARANG
TARANG YUPKA KIYDIM QARANG
ANA QIZLAR QARANG QARANG
MEN HAM KETTIM KUYIB ARANG
https://sherlari.uz
SOG‘INIB KELDIM
Soĝinib soĝinib gõzalim sizni, Tunlar oy termulgan yuzlaringizni, Bir boqib kõzlarim uzaolmagan, Soĝinib keldim shu kõzlaringizni!
Yonimdasiz baxtim sezaman degan, Orzu osmonida suzaman degan, Siz yõq onlarimdan bezaman degan, Soĝinib keldim shu sõzlaringizni!
Daryodek mavjlanar sochlaringiz ham, Jon olar qilichdek qoshlaringiz ham, Suydurib kuydurar nozlaringiz ham, Soĝinib keldim shu nozlaringizni!
Xayollar chulĝaydi kechalar sizni, Õylaysiz biz ĝarib oshiĝingizni, Sezganda oxiri bir shirn hisni, Soĝinib keldim shu hislaringizni!
Muxabbat kimlarni bechora etgan, Ne ne yuraklarni ming pora etgan, Termulsam kõzingiz oshkora etgan, Soĝinib keldim shu sirlaringizni!
Javobsiz sevgim
Yuragim mushtoqdir sõzlaringizga
Kõzlarim mushtoqdir
yõllaringizga
Gullar tuta olmas qõllaringizga
Azobdan yaralgan javobsiz sevgim
Sarobga aylangan javobsiz sevgim
Keling rozi bõling qalbim sizniki
Yuragim sizniki jonim sizniki
Sizni kutaverib sabrim tõldiku
Armondan yaralgan javobsiz sevgim
Sarobga aylangan javobsiz sevgim
Bu dunyo nimamish bu dunyo dardmish
Bugun sevib erta unitish shartmish
Baxtga yetmasingdan bõlarkan mish mish
Armondan yaralgan javobsiz sevgim
Sarobga aylangan javobsiz sevgim
Keling jonim beray jonim sizniki
Butkul ayriliqdan yurak bezdiku
Ayriliq azobi meni ezdiku
Armondan yaralgan javobsiz sevgim
Sarobga aylangan javobsiz sevgim
Har lahzada sizni keladi kõrgim
Sizni sevdim desam turaverar jim
Yo atayin meni qiynaydi balkim
Armondan yaralgan javobsiz sevgim
Sarobga aylangan javobsiz sevgim
https://sherlari.uz/category/sherlar
…Sevarmikan-a…
Bugun ham ezildim afsus uni deb;
Juda kop yiqildim esiz uni deb;
U ham yashadimi biroz meni deb;
Uni deb yashadim bilarmikan-a;
Men sevgandek meni sevarmikan-a;
Umid qildim axir yo’llaring kutib;
Axir yurgim keldi qo’llaring tutib;
Seni deya esla ko’p dartlar yutib;
Ko’p dartlar yutganim sezarmikan-a;
Oz bolsa ham meni sevarmikan-a;
Bilarding sen uchun bolardim fido;
Yiglasang yiglardim eslagin hatto;
Lekin vafo qilmading men qildim vafo;
Men vafo qilganim eslarmikan-a;
Vofodor yorini sevarmikan-a;
Ishon men sogindim qora ko’zingni;
Qalbimda yagona seni o’zingni;
Juda ham qo’msadim shirin so’zingni;
Meni ham qo’msab kelarmikan-a;
Men sevgandek meni sevarmikan-a;
***
«SEVMASLIGING KECH BILDIM»
Yolg’oningga duch bo’ldim,
Vadalarga o’ch bo’ldim,
Endi vasling tush bildim,
Sevmasliging kech bildim,
Bildim xayoling kimda,
Yig’ladim yolg’iz tunda,
Angladim buni shunda,
Sevmasliging kech bildim.
G’am yutub dardga to’ldim,
Ko’z yoshimga yuvuldim,
Suvsiz sahrodek qoldim,
Sevmasliging kech bildim.
Ko’zlarim qayda edi,
Xayolim oyda edi,
Orzular sarob ketdi,
Sevmasliging kech bildim.
Uvol ketdi muxsbbat,
Sevgi bo’ldi manfaat,
Afsusdan kuydum faqat,
SEVMASLIGING KECH BILDIM…!
https://sherlari.uz