Ahad Qayum sara sherlar to’plami

Ahad Qayum sara sherlar to'plami

Ahad Qayumning sara sherlar to’plamini bir joyga jamladik, taniqli shoirning ajoyib sherlaridan bahramand bo’ling!

YOLG‘IZ AYOL

Bir ayol bor dunyoda,
Yorin quchib ko‘rmas tush.
Bir ayol bor dunyoda,
Yostig‘ining yarmi bo‘sh.
Daryo bo‘ldi ko‘z yoshi,
Shaytonga sherik oshi.
Toshdanmikan yo boshi,
Yolg‘izlikdir sirdoshi.
Bordir bitga shiori:
“Olloh yolg‘izning yori”
G‘iybatchilardan yiroq,
Erkaqdan baland ori…
U yashashga kuch topar,
Ortda qolar zavoli.
Dunyo, yelkangda qolar,
Qirqga jonning uvoli…
Bir ayol bor dunyoda,
Yorin quchib ko‘rmas tush.
Bir ayol bor dunyoda,
Yostig‘ining yarmi bo‘sh.

DEVONASI O‘ZIMMAN

Go‘zal pariruxsorning, 
Parvonasi o‘zimman. 
Dilim olgan dildorning, 
Devonasi o‘zimman.

O‘zimman hayronasi, 
O‘zimman afsonasi, 
O‘zimman begonasi, 
Giryonasi o‘zimman.

Umrim o‘tar yo‘lida, 
Oshiq jonim qo‘lida, 
Navosiman tilida, 
Taronasi o‘zimman.

Ishqi dilning ziynati, 
Hajri baxtim zulmati, 
Taqdiriman — qismati, 
Peshonasi o‘zimman.

Qul bo‘layin poyinda,
Ado bo‘ldim ko‘yinda,
Ul malak saroyinda, 
Ostonasi o‘zimman.

Oshiq Ahad telbadir,
Yorug‘ kuni tiyradir, 
Bilmay suyibman axir, 
G‘amxonasi o‘zimman, 
Vayronasi o‘zimman…

KETMA YOLG‘IZIM, KETMA SEVGI

Sen umrim ma’nosisan,
Sen qalbim tanhosisan,
Sen yurak sadosisan…

Sensan yulduzim, ketma,
Ketma yolg‘izim, ketma.

Sevgi,
Senga uchramagan kim,
Sendirsan ko‘ngil ohim,
Nedir mening gunohim.

Nurli kunduzim ketma,
Ketma, yolg‘izim ketma.

Sevgi,
Sog‘indim diydoringni,
Dardingni ozoringni,
Lablaringda bolingni.

Jonim, azizim, ketma,
Ketma yolg‘izim, ketma.

Sevgi,
Samolardan izlaymi,
G‘avg‘olardan izlaymi,
Xatolardan izlaymi,

Sevgi, gulyuzim ketma,
Ketma, yolg‘izim ketma.

MEN SENI HAR KUNI KUTAMAN

Men seni har kuni kutaman, 
Yoningta borishga yuzim yo‘q, 
O‘zimni oqlashga so‘zim yo‘q, 
Visolingga qachon yetaman…

O‘qing!  JIYDA GULLARI… (Oydin Yusupovaga) Ahad Qayum sheri

Men seni har kuni kutaman, 
Armonni o‘rayman gullarga, 
Kunlarni ulayman yillarga, 
Sog‘inchlarga bo‘sa tutaman.

Men seni har kuni kutaman, 
Kelmasligtyg bilsamda garchi, 
Orzularga urmayman qaychi, 
Umid haqda she’rlar bitaman.

Men seni har kuni kutaman, 
To‘g‘ri, balki kechirmagansan, 
Ammo dildan o‘chirmagansan, 
Xotiradan ilinj titaman.

Men seni har kuni kutaman, 
Seni eslamagan lahzam yo‘q,
Sen meni sevasan, ko‘nglim to‘q, 
Xayollarga cho‘mib ketaman.

Men seni har kuni kutaman…

SEVGI KO‘CHASIDA

Sevgi ko‘chasida yig‘laydi bir qiz,
Ojizgina qalbin tig‘laydi bir qiz,
Gul umrini barbod qildi u yigit,
Beshafqat taqdirni qarg‘aydi bir qiz…

Xiyonat xanjaring qonlar sachratdi,
U nomardni hayot qaydan uchratdi,
Falakni titratar shu bitta dardi,
Sevgi ko‘chasida yig‘laydi bir qiz.

U bir malaksiymo, pariro‘y bir qiz.
Sarviqomat barno, tishlari dur qiz,
Uning aybi nima tushuntir hayot,
Sevgi ko‘chasida yig‘laydi bir qiz.

Sotilgan, or-nomus, pushaymonga qasd,
Endi u hech kimga ishonmaydi bas,
Yo‘qotish, insonga saboqmaktab, dars,
Sevgi ko‘chasida yig‘laydi bir qiz,

Nafratning qo‘ynida uxlaydi bir qiz,
VISOLning uyiga sig‘maydi bir qiz,
Qalbini titratib shoir Ahadni,
Hayot ko‘chasida yig‘laydi bir qiz,

AYTGIL QACHON DILING OCHASAN

Bilolmadim kimda yuraging, 
Menga bordir sening keraging, 
Kelib bir bor qalbim so‘ragin, 
Sevdim desam mendan qochasan, 
Aytgil qachon diling ochasan?

Bu yuraging otashmi, muzmi, 
Nigohlaring oymi, yulduzmi, 
Muhabbatim endi afsusmi, 
Sevdim desam mendan qochasan, 
Aytgil qachon diling ochasan?

Mening ham zor oshiqlarim ko‘p, 
Senga aytar qo‘shiqlarim ko‘p, 
Lekin boshqa ma’shuqlarim yo‘q, 
Sevdim desam mendan qochasan, 
Aytgil qachon diling ochasan?

Nahot bekor shuncha xonishim, 
Sening uchun yolg‘on yonishim, 
Sensizlikka qiyin ko‘nishim, 
Sevdim desam mendan qochasan, 
Aytgil qachon diling ochasan?

Oshiq Ahad xatolari bor,
Olib bo‘lgan jazolari bor, 
Yuragida nidolari bor,
Sevdim desam mendan qochasan,
Aytgil qachon diling ochasan?

O‘qing!  Ahad Qayum haqida to'liq malumot

NAHOT YANA UChRASHDIK BIZLAR

Yillar o‘tib oradan qancha, 
Nogahonda to‘qnashdi ko‘zlar, 
Ketgan eding dilga tig‘ sancha, 
Nahot yana uchrashdik bizlar.

Yana dilga g‘ulg‘ula solding,
Yana qaydan yo‘liqib qolding, 
Ko‘zlarimga termulib qolding, 
Nahot yana uchrashdik bizlar.

Biz uchrashdik qayta, azizam, 
Uchrashgandek tong bilan shabnam, 
O‘zgarmabsan yillar o‘tsa ham, 
Nahot yana uchrashdik bizlar.

Yuragimga to‘ldi sadolar,
Balki mendan o‘tdi xatolar, 
Aytsak hamki ming alvidolar, 
Nahot yana uchrashdik bizlar.

Yillar o‘tib oradan qancha, 
Nogahonda to‘qnashdi ko‘zlar, 
Ketgan eding dilga tig‘ sancha, 
Nahot yana uchrashdik bizlar.

BECHORA MUHABBATIM…

Azobdagi rohatim,
Bedorlikda toqatim,
Sendadir ko`ngil xatim,
Bechora muhabbatim.

Hech yoqolmas izimsan, Bahorimda kuzimsan, Qismatimda tozimsan,
Bechora muhabbatim.

Senga ne bor oylarda,
Toza dil yoq joylarda, Panoh izlab yurarsan, Mensiz yolgiz kaylarda.

Visoldagi furqatim,
SHijoatsiz juratim, Hech ozgarmas suratim,
Bechora muhabbatim.

Yurak deya adosan,
Sen kechagi xatosan,
Yaratgandan atosan,
Bechora muhabbatim.

Har bosgan yering chogdir,
Nigohing paykon oqdir, Ozor berib toymasan,
Ahadga rahming yo`qdir.

Azobdagi rohatim,
Bedorlikda toqatim,
Sendadir ko`ngil xatim,
Bechora muhabbatim.

NAHOT YANA UCHRASHDIK BIZLAR

Yillar o‘tib oradan qancha,
Nogahonda to‘qnashdi ko‘zlar,
Ketgan eding dilga tig‘ sancha,
Nahot yana uchrashdik bizlar.

Yana dilga g‘ulg‘ula solding,
Yana qaydan yo‘liqib qolding,
Ko‘zlarimga termulib qolding,
Nahot yana uchrashdik bizlar.

Biz uchrashdik qayta, azizam,
Uchrashgandek tong bilan shabnam,
O‘zgarmabsan yillar o‘tsa ham,
Nahot yana uchrashdik bizlar.

Yuragimga to‘ldi sadolar,
Balki mendan o‘tdi xatolar,
Aytsak hamki ming alvidolar,
Nahot yana uchrashdik bizlar.

Yillar o‘tib oradan qancha,
Nogahonda to‘qnashdi ko‘zlar,
Ketgan eding dilga tig‘ sancha,
Nahot yana uchrashdik bizlar.

MENI SOG‘INMADINGMI

Osmon titrab chaqmoq chaqar,
Yuragimni chayon chaqar,
Nafasimdan olov chiqar,
Meni sog‘inmadingmi?

O‘qing!  Ahad Qayum haqida to'liq malumot

Sevgi boshga balo bo‘ldi,
Ko‘z yoshlarim daryo bo‘ldi,
Bu qandayin jazo bo‘ldi,
Meni sog‘inmadingmi?

Sen uchun qonlar yutdim-ay,
Umrbod seni kutdim-ay,
Dunyodan yolg‘iz o‘tdim-ay,
Meni sog‘inmadingmi?

Quyosh ko‘rmagan qishmisan,
Loyi pishmagan g‘ishtmisan,
Shunchalar bag‘ri toshmisan,
Meni sog‘inmadingmi?

Chil-chil sinib sabr kosam,
O‘zim seni izlab borsam,
Qumlar bosgan qabring topsam,
Meni sog‘inmadingmi?

Bormikan azobning narxi,
Ahadga yo‘q buning farqi,
O‘sha sof muhabbat haqqi,
Meni sog‘inmadingmi?

Загрузка ...