JIYDA GULLARI… (Oydin Yusupovaga) Ahad Qayum sheri

Ahad Qayum sheri.

Ahad Qayum sheri. JIYDA GULLARI… (Oydin Yusupovaga)


Bog‘larda jiydalar yana gulladi,
Dillarni dillarga mangu bog‘ladi.
Orzular bag‘riga bizni chorladi,
Sog‘indik, biz seni bahor yellari,
Sevgimizga guvoh, jiyda gullari.
Ko‘nglim saroyidan yo‘qoldi gavhar,
Gavharning o‘rnida bor og‘u zahar.
Taqsir jumboqlari chigal bunchalar,
Bizni adashtirda umr yo‘llari,
Sevgimizga guvoh, jiyda gullari.
Shayton tuzog‘ida meni ovladi,
Dunyo jilvalari ko‘zim bog‘lad.
Makru xiyonatga qalbim chog‘ladi,
Yo‘llarimdan chiqdi xiyla to‘rlari,
Sevgimizga guvoh, jiyda gullari.
Bunda men ko‘rmagan qolmadi azob,
Rostdan adapggarib avradi sarob.
G‘animim do‘stman deb tutganda sharob,
Bu dardsan yurakning oqsi qonlari,
Sevgimizga guvoh, jiyda gullari.
Ayriliqsa o‘tgan har onim qiynar,
Xayolim har lahza senga intilar.
Sevgilim senchalik kim meni sevar,
Gapirsin bahorning bo‘lsa tillari,
Sevgimizga guvoh, jiyda gullari.
Seningsiz baxt yarim, bu ko‘nglim yarim,
Uzingsan qalbimda bebaho zarim.
Ollohim qaytargin yo‘qotganlarim.
Sog‘indim sevgilim baxtning hidlarin,
Sog‘indik, biz seni bahor yellari,
Sevgimizga guvoh, jiyda gullari.

O‘qing!  bolalar uchun sheʼrlar svetafor haqida sheʼr
Загрузка ...