Bolalar nutqini rivojlantirish va talaffuzini yaxshilash uchun eng sara o‘zbekcha tez aytishlar to‘plami bilan tanishing. Ushbu sahifada har bir harfga oid qiziqarli tez aytishlar, mantiqiy mashqlar va bolajonlar uchun yod olishga oson bo‘lgan qisqa matnlar jamlangan
- O‘zbekcha harflarga oid tez aytishlar to‘plami
- Aa harfiga oid
- Bb harfiga oid
- Dd harfiga oid
- Ee harfiga oid
- Ff va Gg harflariga oid
- Hh harfiga oid
- Ii va Jj harflariga oid
- Kk va Ll harflariga oid
- Mm va Nn harflariga oid
- Oo va Pp harflariga oid
- Qq va Rr harflariga oid
- Ss va Tt harflariga oid
- Uu, Vv va Xx harflariga oid
- Yy, Zz va boshqa harflar
O‘zbekcha harflarga oid tez aytishlar to‘plami
Aa harfiga oid
Asad asil asal saqlaydi.
Asror asalari asrar, Asad asallarni saqlar. Asirlar bo‘yi asralar, Qasrda asarlar.
Asal ekan Asilning asallari, Asalni asl qilgan asli asalari.
Ahmad aka Rahmat akani ko‘rdi.
Bb harfiga oid
Bedarak bedana Bedazorda bedor bo‘ldi.
Bir juft cho‘p ko‘pmi, Qo‘sh juft cho‘p ko‘pmi?
Begona ona bedana, Yana yagona bedapoyada.
Boqi boqqa, Soqqi toqqa bordi.
Boshqotirma Boltavoyning Boshini qotirdi.
Bulturgi burgutni Bugun Urgutda ko‘rdim.
Baobab bop daraxt — Bebaho bobo daraxt.
Bulturgi bulduruq Buldurug‘ligini bildirdi.
Dd harfiga oid
Dono so‘zlar dona-dona. Dono so‘zda ko‘p marjona.
Dadash dadamga adash edi, Aldayman deb adashdi.
Dadam omadli odam, Tashlaydi shahdam qadam.
Ee harfiga oid
Ergash Erkinga ergashdimi, Erkin Ergashga ergashdimi?
Erkin egatga Ertagi ekinni ekdi.
Egovning egasi — Egam ekan.
Ertagi ekin ekildi, Erkin egatga egildi.
Esh eshilib, Eshkak eshdi.
Ff va Gg harflariga oid
Filbon — folchimas, Folbin — lofchimas.
Gulchi Gulining Gullari gulladi.
Gulsanam, Gulsaralar — Gul sanab, gul saralar.
Gulsara gul saralab, Gul sanadi.
Hh harfiga oid
Hunarmand Xursand, Hunaridan xursand.
Hatto Hotam xattot ekan, Husnixatni xato yozmas ekan.
Haqqush haqiqat haqida hayqirar.
Halima hammasini hazm qildi.
Ii va Jj harflariga oid
Ikki Ukki — Aka-uka Ukki.
Ilhom ildam yuradi, Ilg‘or safda turadi.
Ishchan ishchi, Ishda ishladi.
Jumada Juman, Anjumandan jo‘nadi.
Jilg‘a jarga Jilvalanib jiladi.
Jajji Jasur juda jasur.
Jiblajibon mehribon, Jo‘ja bilan jonajon.
Kk va Ll harflariga oid
Komil, Kamol Kamalak ko‘rdi.
Komila Kamoladan Kamgap-u kamtargina.
Kakkula: “Ku-ku-kular”, Kakliklar: “Kek-ke-lar”.
Kichik kuchuk — Kuchli kuchuk.
Lolazorda lolani bola terdi. Lolani Lolaga bola berdi.
Lola arralaydi, Sora allalaydi.
Latif Latifaga latifa aytdi.
Mm va Nn harflariga oid
Mashhura moshxo‘rdani Shoshib shimirdi.
Madiyor dastyor — Mard madadkor.
Muso musobaqada mustaqil.
Mehriniso mehnatga Mehr qo‘ydi.
Narmonning nazari Narvondan nariga tushdi.
Non yasashasizmi, Sholi sanashasizmi?
Naqqoshning naqshi — Qalamqoshdek yaxshi.
Naqd naql, qand aql.
Norning nordan anori narida.
Oo va Pp harflariga oid
Oq tosh oqmi, Qora tosh oqmi?
Odil Olimdan oldin, Oldimga odimladi.
Otning oti Ozod, Toza zotli ot.
Olim olimpiadaga Piyoda yo‘l oldi.
Og‘zimda og‘iz dedim, Oqizmay oz-oz yedim.
Oydin oydinda, Oyisidan oldinda.
Polizda pishgan Polvon pamildori — Polov bilan dori.
Qq va Rr harflariga oid
Qirg‘ovul qirg‘oqdamas, qiryoqda.
Qushlar qishloqda qishlar, Qishni qordek olqishlar.
Qishda qatiq qattiq qotib qolibdi.
Qir gulining qiridagi Qiriqta guli qo‘limda.
Qurilishda burilish, Burilishda qurilish.
Qo‘ng‘irotlik qo‘ng‘ir otning Qo‘ng‘irog‘i qo‘ng‘ir, oq.
Quv quyonni Quvagacha quvdik.
Roziq rizq-ro‘zi — Ro‘zg‘oridan rozi.
Rassom rasm solib rangladi, Ramz razm solib angladi.
Ss va Tt harflariga oid
Saman samokatda, Samar-Saman otda.
Samandar samolyotda Samarqandga safarga otlandi.
Sayyora sabzini savatga soldi.
Soat soatsoz, Sozlagan soati soz.
Salimaning saroyi — Saroylarning sarasi.
Sapsar suvsar suvsevar, Suvda suzib suvsar.
To‘rt to‘quvchi to‘r to‘qir, To‘rt o‘quvchi to‘rtga o‘qir.
To‘ychi toyni to‘yga to‘yona qildi.
Tolib tandir tagidan tanga topdi.
To‘lqin turpni to‘rda to‘pladi.
Tutdan to‘rtta to‘ti tutdim.
Uu, Vv va Xx harflariga oid
Ustaning ustasi soz, Yuzta ustaga ustoz.
Uzoqning buzog‘i uzoqdagi O‘tloqda o‘tlamoqda.
Urgutning burguti Surgutdamas gugurtda.
Uzun terak uzumga kerak, Uzumga tirgak.
Vatanparvarlik Ona Vatanga vafodorlik.
Vali vaqtli ovloqda ov ovlar.
Xolamning xolvasini Xudo xohlasa Xoldor xohladi.
Xushovoz xonanda xonadonda, Xilvat xonada xonishda.
Yy, Zz va boshqa harflar
Yusuf sertakalluf, faylasuf.
Yo‘lda Yo‘ldoshga Yo‘lbars yo‘liqdi.
Zarga zarur, Zarurga zarur.
Zulfizar uzumzorda Uzum uzar.
Zargar zardan asar yasar.
O‘rikka o‘rik ko‘rik, O‘rik ko‘rki o‘rik.
O‘qituvchi o‘qigan o‘qishni O‘quvchi o‘qib uqdi.
G‘ozining g‘ozi ozu soz, “G‘a-g‘a” qo‘shig‘i ovoz.
G‘ani g‘alla g‘amlar, G‘ingshir g‘anim beg‘amlar.
Shamshar shaharga shoshar, Shahar hashardan yashnar.
Shokir shogirdini shoshirdi, Shamolda sholini shopirdi.
Chovli simdan, Chovgun misdan.
Chumoli cho‘michda cho‘mildi.
Chiyabo‘ri chillada, Chaylada chiyillar.
Chinning chinligi chin chiqdi.
Tongda shudgorda Shudring ko‘rdingmi deng.
Ta’lat betakror, E’tiborli san’atkor.