- QISQA SHE’RLAR
- QISQA SHE’RLAR
- 💐 8-mart
- 🔸 8 — MART BUGUN.
- 🌹 TADBIRDA SALOMLASHISH
- 🌹8-mart bayrami
- buvujon haqida sher
- ✍️Topishmoqli she’r
- U O N A!
- 🙎♀ONA
- 😊 QUVNOQ SHE’RLAR QUYON
- ECHKI SUZDI
- DASTYOR
- TADBIRKOR BOLA
- VERTOLYOTGA NASIHAT
- Qisqa she’rlar
- JIM QOLIBDI
- ODOBLI,BIROQ
- CHO’LOQ IT
- UYQUCHI
- VERTOLYOTGA NASIHAT
- NIMJON SICHQON
- 🌷 Navro’z haqida she’rlar
- 🌼 Kelmoqda Navro’z!
- 🌷 Navro’zi olam keldilar!
- 🌸 Hush kelding Navro’z (Ajoyib she’r)
QISQA SHE’RLAR
➖➖➖➖➖➖➖
Guldon-guldon tozi,
Mishka-mishka o’zi,
Tilla-pilla ko’k,
Chiq, gapirma ko’p.
➖➖➖➖➖➖➖
Bo’m-bo’m-bo’m,
Igna-igna,
Uchi tilla.
Bal-bali, bal,
Sen chiqa qol!
➖➖➖➖➖➖➖
Tiri-tiri, traktor,
Ishni buzma, qarab tur,
Bir chekkaga chiqib tur.
➖➖➖➖➖➖➖
QISQA SHE’RLAR
Besh tosh otdim uzoqqa,
Borib tushdi tuzoqqa.
Besh toshimni ololmay,
Endi jonim qiynoqda.
➖➖➖➖➖➖➖
Umbul, baka-bum,
Dor o’yna.
Dordan yiqilib,
Yigiab yurma!
➖➖➖➖➖➖➖
O’toptilar, ketoptilar,
Sabzi, piyoz oloptilar,
Kattasini sotoptilar,
Maydasini yeyoptilar.
➖➖➖➖➖➖➖
Dasturxonda sedona,
Terib yesin bedona.
Hovli ichi gulxona,
Kunda bo’lsin to’yxona.
Bizlar ikki dugona,
Qo’shilmasin begona.
💐 8-mart
Vafo ro’molini bo’yniga boylab,
Kutishga tayyordir haftalab, oylab,
Bizni balolardan yurganda poylab.
Ayolsiz ishingda bo’lmagay baror.
Bayramingiz muborak bo’lsin.
🔸 8 — MART BUGUN.
ONAJONLAR BAYRAMI.
YO`LLARIGA POYANDOZ.
DASTA GULLAR BOYLAMI.
🌹🌹🌹🌹🌹🌹
🌹 TADBIRDA SALOMLASHISH
Assalom ey lola yuzli
Dirabolar assalom
Yuzi gul sochi sumbul
Maxluqolar assalom
Mustaqil yurt gul g’unchasin
Oq yuvib oppoq tarab
Tunu kun parvona bo’lgan
Onajonlar assalom!
🔸🔸🔸🔸🔸
Qirga chiqsam lolalardan
Gullar sizga assalom
Poyingizga gul to’shalsin
Mexribonlar assalom
Onajonlar, mexribonlar!
Sizga ta’zim assalom!
🌹8-mart bayrami
Baxor keldi gul bilan
Shoqida bulbul bilan
Onajonlar tabriklaymiz
Bugungi ayom bilan.
🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼
Quyosh kulib boqqan kun
Baxor tanga yoqqan kun
8 – mart bu kun
Onajonlar bayrami.
buvujon haqida sher
Oq paxtaday sochingiz,
Omon bolsin boshingiz
Aytaqoling buvijon,
Xozir qancha yoshingiz.
🍃🍃🍃🍃🍃🍃
So’zlaringiz ko’p qiziq,
Yuzingiz nega chiziq
Achamlashsam buvijon,
Bagringiz muncha issiq.
🍂🍂🍂🍂🍂🍂
Dadamlarni boqansiz
Oyimlarga yoqqansiz
Topishmoqu ertakka,
Buvijonim chaqqonsiz.
🍃🍃🍃🍃🍃🍃
Buvijonim qarilar
Xatto 100 dan narilar
Yo’qlagan onlarida
Doyim biz yonlarida.
🍂🍂🍂🍂🍂🍂
Suv desa suv tutamiz,
So’zlarini kutamiz
Baxtimizga bor bo’ling,
Doyim omon bo’ling.
🍃🍃🍃🍃🍃🍃
Sizlar uchun buvijonlar
Faqat – faqat sizlar uchun
Quvnoq ashula aytib
Sizni xursant qilamiz.
✍️Topishmoqli she’r
Mexri judaxam qayimoq
Bizbilan juda inoq
Doyim bizga parvona
Ayting u kim.
U O N A!
🙎♀ONA
Bag’ri juda ham qaynoq
So’zlari bolu qaymoq
doim bizga parvona
u dir mehribon ona
😊 QUVNOQ SHE’RLAR
QUYON
Yomg’irda olgan quyon
Pana izlab charchadi .
Yomg’ir to’xtagan zamon
Uchratdi bir archani
ECHKI SUZDI
— Hoy do’stim Turdi ,
Seni kim urdi ?
— Urmadi hech kim ,
Suzdi-da echkim
DASTYOR
Oyijonim mehribonlar,
Ishlagin deb toldirmaydi.
Hamma ishni o’zi qilib,
Menga sira qoldirmaydi.
TADBIRKOR BOLA
Katta-kichik to’p,
Menda juda ko’p.
Kerak bo’lsa gar ,
Uch ming , yo’q agar.
VERTOLYOTGA NASIHAT
Varragingni aylantirib
Ketib qolma.
Ketib qolib o’zga joyda
Yetim qolma.
✍ RO’ZIMUROD BOLQIYEV
Mirzacho’l tumanidagi 10-maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi.
Qisqa she’rlar
Besh tosh otdim uzoqqa,
Borib tushdi tuzoqqa.
Besh toshimni ololmay,
Endi jonim qiynoqda.
🌼🌼🌼🌼🌼🌼
Umbul, baka-bum,
Dor o’yna.
Dordan yiqilib,
Yigiab yurma!
🌼🌼🌼🌼🌼🌼
O‘toptilar, ketoptilar,
Sabzi, piyoz oloptilar,
Kattasini sotoptilar,
Maydasini yeyoptilar.
🌼🌼🌼🌼🌼🌼
Dasturxonda sedona,
Terib yesin bedona.
Hovli ichi gulxona,
Kunda bo’lsin to’yxona.
Bizlar ikki dugona,
Qo’shilmasin begona.
😊 QUVNOQ SHE’RLAR
(«Mening qo’g’irchoqlarim»
turkumidan)
JIM QOLIBDI
Oyijon, quyonimning
Sabzisini oldi kim?
Tezroq bera qolsin,
Quyonim qolibdi jim.
ODOBLI,BIROQ
Ayig’im xo’p odobli,
Bersam ham asal yemas.
Har kun cho’miltirsam ham,
Qarang-ki,rahmat demas.
CHO’LOQ IT
Itim kichkina
Oyog’i uchta.
Gap oyoqdamas,
Hamma gap kuchda.
UYQUCHI
Qo’g’irchog’im chiroyli,
Odoblidir-a, juda.
Menga doim ovunchoq,
Faqat hozir uyquda.
VERTOLYOTGA NASIHAT
Varragingni aylantirib
Ketib qolma.
Ketib qolib o’zga joyda
Yetim qolma.
NIMJON SICHQON
Sichqonboy sen nimjonsan,
Shu bois o’ynayman kam.
Sen bilan o’ynar faqat,
Yig’loqi Sarvar ukam.
✍ RO’ZIMUROD BOLQIYEV
Mirzacho’l tumanidagi 10-maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi.
🌷 Navro’z haqida she’rlar
Sevinchdan koʻzimda yosh,
Oʻzgacha porlar quyosh,
Qutlar seni qari, yosh,
Xush kelibsan Navroʻzoy!
⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️
Navro’z ekan tabrik sizniki,
Yangi kunda kulgu sizniki,
Bu kun yana zamin bizniki,
Bayram bo’lsin sayyod bizniki!
⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️
Azizam baxt iqbol doim yor bo’lsin,
Yurgan yo’llaringiz gullarga to’lsin.
Omadingiz ko’rib ko’zlar quvonsin,
Navro’z ayyomingiz mubork bo’lsin!
⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️
🌼 Kelmoqda Navro’z!
Soginchlardan yasay sizga guldasta
Guldasta qilib qalbim payvasta
Olislardan turib deyman men asta
Navrözi ayyom muborak bo’lsin!
Avval yuragingga mo‘ralaydi u,
So‘ngra kurtaklarga o‘rgatadi so‘z.
Zaminning ko‘zidan qochadi uyqu,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.
Qishning ahvoliga boqib hoynahoy,
Yum-yum yosh to‘kmoqda eriyotgan muz.
Jilva qilayotir tengsiz bir chiroy,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.
Ona bag‘ri kabi iliqdir olam,
Harir hovur ichra yayrar dala-tuz.
Qoldi puchmoqlarda xazon yanglig‘ g‘am,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.
Yana ko‘ngillardan rutubat ketdi,
Yana shu’lalardan qamashmoqda ko‘z.
Yana dildorlikning fursati yetdi,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.
🌷 Navro’zi olam keldilar!
Aylabon lutf-u karam,
Navro’zi olam keldilar.
O’smadan qoshi qalam,
Navro’zi olam keldilar.
Bir ajib his uyg’otib,
Irmoqlarning xonishi.
Kuylashib savtu ajam,
Navro’zi olam keldilar!
🌸 Hush kelding Navro’z (Ajoyib she’r)
Bolalar varragi xayolni olgan.
Badom gullaridan, quvonadi ko’z.
Dillardan mutlaqo g’ubor yo’qolgan.
Hush kelding baxor, hush ko’rdik navruz.
Anhorlar oqmoqda suvlarga to’lib.
Shukronalik aytdim tinchlikni ko’rib.
Mustaqil diyorga, bezaklar bo’lib.
Xush kelding baxor, hush ko’rdik navroz.
Navro’zda ulashing ezgu tilaklar.
Axir tilak bilan, kamaymaydi so’z.
Baxor gullaridek yashnab yuraklar.
Xush kelding baxor, xush ko’rdik navro’z.