👏 Mustaqillik muborak!
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Do’ppingizni ko’kka oting,
Orzu osmoniga yeting.
Ozod yurtni obod eting,
Bugungi kun baxtdan darak,
mustaqillik kun muborak.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Madh etgancha sho’x ovozing
Qadamlarni dadil bosing,
Parvoz uzra, qanot yozing.
Yoshlardur buyuk kelajak,
mustaqillik kun muborak.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
O’zbek eli o’ziga bek,
Yaxshi yomon kunlar ko’rdik.
Baxt ostonasiga keldik
Bugungi kun eltar ko’prik,
Mustaqillik kun muborak.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
✍️ Muallif: Xudoyberdi To’ychiyev
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸

🇺🇿 Mustaqil O‘zbekiston!
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
O‘ynab-kulib, yayraymiz,
Bulbul bo‘lib sayraymiz.
Quchog‘i bog‘u bo‘ston,
Betakror, jannatmakon,
Seni tan oldi jahon,
Mustaqil O‘zbekiston!
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Allomalar beshigi,
Bag‘ri dunyo eshigi,
Madhiyasi, qo‘shig‘i
Mustaqil O‘zbekiston!
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Sportchimiz, bardammiz,
G‘oliblarga hamdammiz.
Sohibqiron avlodi –
Har ishda peshqadammiz.
Musaffo osmonimiz,
Hur Vatan posbonimiz.
Doim gullab-yashnasin
Shu aziz bo‘stonimiz.
Ogohlik shiorimiz,
Hushyorlik qarorimiz.
Mangu barhayot bo‘lsin
Hur ona-diyorimiz!
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸

🇺🇿 JONIM ICHRA JONIMDURSAN
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Bu dunyoda jannatmonand yerlar bisyor,
Bu dunyoda oqu qaro ellar bisyor,
Ammo yo‘qdir bu dunyoda sendek diyor,
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Tuprog‘ingda ajdodlarim izi qolgan,
Bobolarim terlarining tuzi qolgan,
Har gardida momolarim ko‘zi qolgan
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
O‘zbek elim, nuri diydam, qarog‘imsan,
O‘zbek elim, osmonimu tuprog‘imsan,
Ham quvonchim, ham baxtimu firog‘imsan,
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Beshigingda allalading dunyolarni,
Dunyo ochgan necha–necha daholarni,
Bolam deding yuraklari adolarni,
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Sohibqiron qo‘llarida qalqon bo‘lding,
Ulug‘bekning nigohida osmon bo‘lding,
Mirzo Bobur yuragida armon bo‘lding,
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Qo‘li qadoq dehqon elim, sulton elim,
Ko‘ksi yurtga doim balogardon elim,
O‘z yurtiga sohibqiron hoqon elim,
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
🇺🇿 MEN NECHUN SEVAMAN O’ZBEKISTONNI..
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Men nechun sevaman O’zbekistonni,
Tuprog’in ko’zimga aylab to’tiyo.
Nechun vatan, deya yeru osmonin,
Muqaddas atayman, atayman tanho.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Aslida dunyoda tanho nima bor?
Paxta o’smaydimi o’zga elda yo?
Yoki quyoshimi sevgimga sabab?
Axir quyoshli-ku, butun Osiyo.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Men nechun sevaman O’zbekistonni,
Bog’larin jannat, deb ko’z-ko’z etaman.
Nechun ardoqlarkan tuprog’ini men,
O’paman, tuprog’ing bebaho, Vatan!
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Aslida tuproqni odil tabiat,
Taqsim aylagan-ku, yer yuziga teng
Nechun bu tuproq, deb yig’ladi Furqat,
O, Qashqar tuprog’i, qashshoqmiding sen?
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Men nechun sevaman O’zbekistonni?
Sababini aytgin, desalar menga.
Shoirona, go’zal so’zlardan oldin,
Men ta’zim qilaman ona xalqimga:
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Xalqim, tarix hukmi seni agarda,
Mangu muzliklarga eltgan bo’lsaydi,
Qorliklarni makon etgan bo’lsayding,
Mehrim bermasmidim o’sha muzlarga?
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Vatanlar, Vatanlar, mayli, gullasin,
Bog’ unsin mangulik muzda ham, ammo,
Yurtim, seni faqat boyliklaring chun
Sevgan farzand bo’lsa, kechirma aslo!
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
✍️Abdulla Oripov
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
🇺🇿 O’ZBEKISTON
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Yurtim, senga she’r bitdim bu kun,
Qiyosingni topmadim aslo.
Shoirlar bor, o’z yurtin butun —
Olam aro atagan tanho.
Ular she’ri uchdi ko’p yiroq,
Qanotida kumush diyori,
Bir o’lka bor dunyoda, biroq
Bitilmagan dostondir bori:
Faqat ojiz qalamim manim,
O’zbekiston, Vatanim manim.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
✍️ A.Oripov