,,Do’stlik xaqida ertak,,

,,Do’stlik xaqida ertak,,

Qishloqda bir katakda,
Bor edi ko’p parranda.
O’rdak xola va kurka,
Bo’yni uzun g’oz shunda.

Usha katakda yana,
Ona tovuq yashardi.
Bitta emas,naq beshta,
Tuxum parvarishlardi

Qo’shnilari tovuqqa,
Juda mehribon edi.
Holidan xabar olib,
Xar dam rahmini yerdi.

Kunlar o’tib tovuqning
Tuxumlari yorildi
Sap-sariq jujalarining,
Tumshuqlari ko’rindi

Ko’p xarakat qilishib,
Tuxumdan chiqib oldi
Tovuq xola sevinib,
Barin bag’riga oldi

Ertasi ertalabdan,
Tovuq jujasi bilan
Aylangani chiqishdi
Hovlini sayr qilishdi

Tovuq xola jujaga
O’rgatar don topishni
Xatarni sezib qolsa
Tez yoniga chopishni

So’zsiz qo’loq solardi
To’rta juja onaga
Biri yotib oladi
O’zin olib panaga

Shu kezi uxlab qoldi
Gul tagida bir juja
Qolgan to’tovin olib
Ona qaytar uyiga

Uyiga borgach bildi
Bir jujasin yo’qligin
Qo’shnilarga bildirdi
Dilporasin yo’qligin

Yo’lga tushdilar darhol
Mehribon o’rdak va g’oz
Ro’y bermasin deb kor-hol
Chaqirardi jo’r ovoz

Ko’rka amma quldirab
Izlar edi jujani
O’g’ri mushuk payt poylab
Ushlamoqchi o’ljani

Shu payt shalpangqo’loq
Quyon chiqib kovakdan
Mushtlari xuddi to’qmoq
Yumalatar bir zarbda!

Mushuk ta’zirin yedi
Qaytib kelmayman dedi
Paxlavon qoyonpalvon
Yurdi katakcha tomon

Qo’lida mitti juja
Xursand kelishar juda
Xursand tovuq xola xam
O’rdak,kurka va g’oz jam

Birga o’ynab ko’lishdi
Bir umr do’st bo’lishdi
Yomon qoldi uyatga
Yaxshilar-chi,niyatga !

Do’st bo’linglar xamisha
Gap ko’p bolam bu so’zda
Ko’maklashing har kimga
Hikmat ko’pdir mehrda !

Karmana timan 8-MTT tarbiyachi Xasanova Nilufar.

O‘qing!  Ona haqida eng sara sherlar olami
Рейтинг
( Пока оценок нет )
Загрузка ...
ASOSIY MENYU
QIDIRUV
SHERLAR