Do‘stlik va dushmanlik haqida maqollar

Do‘stlik va dushmanlik haqida maqollar


Aybsiz do‘st izlagan do‘stsiz qolar.
*
Asli dushman el bo‘lmas,
Etakni kessang, yeng bo‘lmas.
*

Asli qora oqarmas.
*
Aqli ko‘pni dov olmas,
Do‘sti ko‘pni yov olmas.
*

Baliq suvsiz yashamas,
Inson – do‘stsiz.
*
Bilagi alp birni yiqar,
Do‘sti ko‘p – mingni.
*

Bir ko‘rgan – tanish,
Ikki ko‘rgan – bilish.
*
Burgut kuchi – oyog‘ida,
Odamniki – do‘stlikda.
*

Daraxt – ildizi bilan,
Odam – do‘stlari bilan.
*
Dushman ba’zan kuldirar,
O‘ng‘ay topsa, o‘ldirar.
*

Dushman do‘st orasidan chiqar.
*
Dushman siringni o‘g’irlar,
Do‘st xatongni to‘g’rilar.
*

Dushman chaqirsa borma,
Do‘st chaqirsa, qolma.
*
Dushman o‘lar, do‘st qolar,
O‘sma ketar, qosh qolar.
*

Dushmanga joningni bersang ham,
Siringni berma.
*
Dushmanga choh qaziguncha,
Do‘stingga uy solib ber.
*

Dushmanimning do‘sti – mening dushmanim,
Dushmanimning dushmani – mening do‘stim.
*
Dushmaningdan qo‘rqma, munofiqdan qo‘rq.
*

Dushmaningni qarg‘ama, do‘stingga tegar.
*
Dushmaningning o‘limini tilaguncha,
Joningning sog‘ligini tila.
*

Dushmaning sovg‘asidan qo‘rq.
*
Do‘st achitib gapirar,
Dushman – kuldirib.
*

Do‘st boshga boqar,
Dushman – oyoqqa.
*
Do‘st bo‘lsang, do‘stingning aybini tuzat.
*

Do‘st ming bo‘lsa ham – oz,
Dushman bir bo‘lsa ham – ko‘p.
*
Do‘st oldingda gapirar,
Dushman – orqangdan.
*

Do‘st – oltining,
Dushman – qotiling.
*
Do‘st og‘ir kunda bilinar.
*

Do‘st suyganning tusiga boqma.
*
Do‘st so‘zini tashlama,
Tashlab boshing qashlama.
*

Do‘st uzoqda bo‘lsa ham, ko‘ngli yaqin.
*
Do‘st egiz,
Dushman – sakkiz.
*

Do‘st yuzingga boqar,
Dushman – izingga.
*
Do‘st hisobi – dilda.
*

Do‘stga dushman bo‘lish oson,
Dushmanga do‘st bo‘lish qiyin.
*
Do‘stga yolg‘on, dushmanga chin gapirma.
*

Do‘stga xiyonat qilma,
Dushmanga – shafqat.
*
Do‘sti nodondan dushmani dono yaxshi.
*

Do‘sting uchun zahar yut.
*
Do‘stingga rost gapir,
Dushmaningga – maqtanib.
*

Do‘stingning oshini qasdingdan ich.
*
Do‘stlarimdan o‘zing saqla,
Dushmanlarimni o‘zim bilaman.
*

Do‘stlik – barcha boylikdan afzal.
*
Do‘stsiz boshim – tuzsiz oshim.
*

El omonlik tilar,
Yov – yomonlik.
*
Eshak eti go‘sht bo‘lmas,
Savdogar hech do‘st bo‘lmas.
*

Ginali do‘st – adovatli dushman.
*
Ikki haramza do‘st bo‘lmas.
*

Ishkambadan go‘sht bo‘lmas,
Dushman aslo do‘st bo‘lmas.
*
Jonga kuygan jonday do‘st,
Jonga kuymas qanday do‘st.
*

Kiyimning yangisi – yaxshi,
Do‘stning – eskisi.
*
Ming so‘ming bo‘lguncha, bitta do‘sting bo‘lsin.
*

Nomarni jang sinaydi,
Do‘stni – muhtojlik.
*
Odam ichini bilish qiyin,
Do‘st ustidan kulish qiyin.
*

Onangni otangga yomonlama,
Do‘stingni – dushmanga.
*
Tirik bo‘lsak – bir yerda,
O‘lik bo‘lsak – bir go‘rda.
*

Vafoli do‘st yo‘lga solar,
Ig‘vogar do‘st paydan olar.
*
Xalq do‘stligi – yurt boyligi.
*

Yangining nodonligi bor,
Eskining – qadrdonligi.
*
Yaxshi do‘st yuz qarindoshdan yaxshi.
*

Yaxshi ko‘rgan do‘stingga
Yaxshi ko‘rgan molingni ber.
*
Yot oshingga qaraydi,
Do‘st – boshingga.
*

O‘pka, yurak go‘sht emas,
Hisoblashgan do‘st emas.
*
O‘rtada burun bo‘lmasa,
Ko‘z ko‘zni o‘yar.
*

O‘tni kavlasang, o‘char,
Do‘stni kavlasang, kechar.
*
Qadim do‘stlik zanglamas.
*

Qarz bersang, do‘st ko‘payar,
Talab qilsang – dushman.
*
Qovunni dushmaningga kestir,
Go‘shtni – do‘stingga.
*

Quyosh havoni isitar,
Do‘st – qalbni.
*
G‘amingni do‘stingga aytma, kuyunadi,
Dushmaningga aytma, suyunadi.
*

Har kimni do‘stim dema,
Tandagi po‘stim dema.
*
Hisobdan adashsang ham, do‘stdan adashma.
*

Hisobli do‘st ayrilmas.
***
Choyning so‘ngini do‘stingga ber
#Dost #haqida #maqollar

O‘qing!  'Yer kuni' Mavzusiga mos sherlar


Barcha bola do’st bo’lsa

Qanday yaxshi,
Bog’larda gul ko’karsa.
Qanday yaxshi,
Do’stlar safi ko’paysa.
Qanday yaxshi,
Do’stlar senga ishonsa.
Qanday yaxshi,
Quvontirsa, quvonsa.
Qanday yaxshi,
Do’stlar bilan uy to’lsa.
Qanday yaxshi,
Barcha bola do’st bo’lsa.

DO’STLAR

Maqtanish emas, rosti,
Har tong barvaqt turamiz.
Qovoq solish bizga yot,
Doim kulib yuramiz,
Kulgan o‘g‘il-qizlarning
Ishlari „besh“ bo‘larmish.
Sarishta bo’lsa qancha,
Sog‘lig‘i esh bo’larmish

QAYERDASIZ, DO’STLARIM?

Koptogim yo‘q paytlari
O‘rtoqlarim ko‘p edi.
Mening orzu qilganim
Bittagina to‘p edi.
Bugun esa ikkita
Koptogim bor,
ko‘nglim to‘q.
…O‘ynay desam negadir
Birorta ham do‘stim yo‘q…

Рейтинг
( Пока оценок нет )
Загрузка ...
ASOSIY MENYU
QIDIRUV
SHERLAR