SUV QAYERDA YASHAYDI? Bolalar uchun qisqa sherlar


SUV QAYERDA YASHAYDI?


Bog’ oshib,
Chorbog’ oshib,
Goho qirg’oqdan toshib,
O’tib maktab bog’idan,
Qaygadir borar shoshib
Pildir-pildir jilg’acha,
Chuldir-chuldir jilg’acha.
Kunduzi shod qiqirlab;
Jilolanib ming tusda,
O’tib borar ohista,
Mohnoralar bog’idan,
Sayyoralar bog’idan
Pildir-pildir jilg’acha,
Chuldir-chuldir jilg’acha.
Ko’z ilg’amas qush misol,
Tongda chug’urlar xushhol.
Rahshonalar bog’ida,
Jononalar bog’ida
Qiqirlaydi tinimsiz,
Pildiraydi qo’nimsiz.

  • Uying qayda? Ayta qol,
    Olis ketmay, qayta qol! —
    Desak kiprik qoqmasdan,
    Yon-veriga boqmasdan
    Chopib ketdi ilgari,
    Qayda ekan uylari? —
    Deya izlay boshladik,
    Ne dovonlar oshmadik.
    Bog’ oshib, Chorbog’ oshib,
    Hatto bir bor adashib,
    Bir zum to’xtamay chopdik,
    Oxiri tog’ ostida,
    Baland qoya pastida
    Shaffof uyini topdik.

Baliq

Baliq suzib yuribdi,
Yo‘lda qarmoq ko‘ribdi.
Och edi uning qorni,
Sezdi undagi nonni.
Tiyolmasdan nafsini,
Urdi xo‘rakka o‘zni.
Qarang, tushdi qarmoqqa,
Ovchi qo‘ygan tuzoqqa.

OROLIM

— Ey bolajon, bolajon,
Qanday o‘ylar dilingda?
O‘ltiribson parishon,
Bahor yashnar elingda.
— Mehmon g‘ozlarim, ko‘ring,
Tabiat topdi zavol.
Suvsiz qolib daryolar,
Qurib bormoqda Orol.
— Ey, bolajon, bolajon,
Qo‘y, o‘rtanma alamda.
Biz-la yurt kez,
Yo‘llar osh,
Dengiz ko‘p-ku olamda?
— Dengizlar ko‘p,
Ko‘llar ko‘p,
Olam kengdir, kattadir,
Men-chun yurtim yagona,
Ona Orol bittadir.

O‘qing!  'Yer kuni' Mavzusiga mos sherlar
Рейтинг
( Пока оценок нет )
Загрузка ...
ASOSIY MENYU
QIDIRUV
SHERLAR