Eh, bugungi mashg‘ulot,
Rosayam qiziq bo‘ldi.
Hammaga berdi qanot,
Aql, bilim ko‘p bo‘ldi!
Quyosh sistemasini,
Anchagina bilvoldik.
Turli sayyoralarni,
Nomlarin o‘rganvoldik.
Qizil Mars, Veneradan,
Keyin ekan bizning Yer.
Yana Saturn, Uran,
Neptun bilan Yupeter.
Mana shu to‘rt sayyora,
Katta ekan hajmda.
Katta sayyoralarni,
Hurmat qilmoq lozimda!
Balki, Marsda ham yashar,
Biz tengi ko‘p bolalar.
Bog‘chada kuzatishar,
Bizning Yerni ham ular.
Katta bo‘lsamchi, do‘stlar,
Zo‘r fazogir bo‘laman.
Koinot sirli,chorlar,
Uchaman, sirlashaman.
Marslik tengdoshlarimga,
Etaman sovg‘a~salom.
Boring deyman ularga,
Qilaylik sizni mehmon!
Karmana tuman 8-DMTT tarbiyachisi Xasanova Nilufar

