1-oktabr “O`qituvchilar va murabbiylar” kuniga bag`ishlangan sherlar

1-oktabr “O`qituvchilar va murabbiylar” kuniga bag`ishlanadi

“Sizga ta’zim, ustoz muallim”

1-oktabr “O`qituvchilar va murabbiylar” kuniga bag`ishlanadi

“Sizga ta’zim, ustoz muallim”

“Sizga ta’zim, ustoz muallim”, mavzusida o`tkaziladigan kechaga qarata maktab zali bayramona bezatilgan. Boshlovchi qiz va yigit bayramona libosda kuy sadolari ostida chiqib kelishadi.

Qiz                        Assalom, muhtaram, dono ustozlar,

                  Akajon, ukajon, opa-singillar

                  Munis onajonlar qalbi daryolar,

                  Bahor nafasidek iliq ko`ngillar.

Yigit                    Assalom, ey olam, feruza osmon.

                  Assalom, ustozlar, aziz mehmonlar

                  Kamtarin davraga bugun mehmonsiz

                  Sizga ehtirom ila egikdir boshlar.

Qiz                        Assalomu-alaykum, aziz va mo`tabar ustozlar, murabbiylar.

Yigit                    Assalomu-alaykum, qadrli va hurmatli mehmonlar!

                  Bugungi shodiyonamiz ulug` ustozlarimiz

                  Bayramiga bag`ishlangan “Sizga ta’zim ustoz muallim”

                  deb nomlangan tantanali kechamizga xush kelibsiz

Qiz                       Yo`qdan Beruniylar binolar qurgan,

                  Mashrabni mashhuri dunyolar qilgan.

                  Xusainni Ibn Sinolar qilgan

                  Shunday buyuk zotlarga harf o`rgatgan kim?

                  Oddiy muallimda, oddiy muallim!

Yigit                    Tuproqdek hokisor, bezovta jonlar

                  Ammo qanotida tog`dek ulug`vor

                  Xatto temuriydek sohibqironlar,

                  Pirim deb etagin o`pgan zamonlar.

                  Buyuk jahongirga yo`l ko`rsatgan kim?

                  Oddiy muallimda, oddiy muallim!

Qiz                        Vatan taraqqiyoti, yurt tinchligi,

                  Xalq faravonligi, buyuk kelajagimiz yo`lida

                  O`zbekistonga fidokorona xizmat

                  Qilayotgan, uning yuksak va qudratli

                  Bo`lishi uchun kurashayotgan

                  Davlat va millat manfatlarini

Yurakdan his etayotgan

Yigit                    O`z iqtidori bilan ona yurtini

                  Ulug`lashga qodir istedodini

Va sadoqatli, har tomonlama sog`lom

Va barkamol avloqni voyaga yetkazishda

O`z zimmasiga katta mas’uliyatni olgan

Mehri daryo muallimlar va murabbiylar.

                  Sizlarni ulug` ayyomingiz bilan muborakbod etamiz.

Qiz                        Mana bu kun ulug` shodiyona

O‘qing!  9-May Xotira va qadrlash kuni senariysi

                  Shod boqadi har bir qora ko`z

                  Kechamizni ochib tabriklash uchun

                  Direkto`rimiz Qurbonov sizga so`z

U barchani bayram bilan qutlab kechani ochiq deb e’lon qiladi.

O`zbekiston Respublikasining madhiyasi ijro etiladi.

Yigit Ustoz deganda har bir inson ko`nglida chuqur, hurmat ehtirom va cheksiz minnatdorchilik tuyg`usi, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o`lchab, ado qilib bo`lmaydigan qarizdorlik hissi paydo bo`ladi.

Qiz o`quvchilar ustozlar haqida yod olgan sherlarini aytib beradilar.

Muallim qasidasi

1-oquvchi:

Siz so`zlagan o`n juft ko`z rom,

Ilmu toliblarga berasiz orom.

Sizga tazim, sizga yana ehtirom,

Vatanimning dono muallimlari.

2-o`quvchi:

Tiniq tuyg`ularga tiniqlik slogan,

Yoza yoza ba’zan qo`llari tolgan

Bolalar ko`ngliga yo`l topa olgan,

Vatanimning dono muallimlari!

3-o`quvchi:

Qirq besh daqiqa sirin kim bilar?

Sochingiz oqiyu, ajinlar ular.

Bolalar bag`riga tushgan tuyg`ular

Vataning dono muallimlari.

4-o`quvchi:

Sinf xonalari to`lib, to`lib boradi

Unda go`ya suzib, suzib boradi

So`zlaridan gullar tuzib boradi

Vatanimning dono muallimlari.

5- o`quvchi:

Shodliklar ko`p, ko`ldir, sonog`i yo`qdir

Siz bergan mehirning adog`i yo`qdir

Siz kabi ilimning ifodasi yo`qdur

Vataning dono muallimlari

6-o`quvchi:

Sizga yarashadi o`sha soddalik

Aytgan so`zlaringiz, hop ifodalik

Sizga meros erur vofodorlik

Vatanimning dono mualimlari.

7-o`quvchi:

Hosil beraversin ekkan doninggiz,

Luqmali haloldir yegan noninggiz,

But bo`lsin doimo pok imoninggiz,

Vatanimning dono muallimlari!

8-o`quvchi:

Siz so`zlagan chog`da sizga hamma rom

Ilmu toliblarga berasiz orom

Sizga so`zim, sizga yana ehtirom

Vatanimning dono muallimlari

Musiqiy tanaffus

Ustozlar qo`shig`i

Mehr nuri yog`ar doim,

Yuzingizfan ustozlar.

Yursam deyman bu tabarruk

Izingizdan ustozlar.

Chin insonlik kitobiga

Baxtu hikmat bitibsiz

Odob ila ilm oldim,

So`zinggizdan ustozlar.

Yigit:

Endi navbat ustozlar haqidagi hikmatli so`zlarga; sahnaga o`quvchi chiqib aytadi.

O‘qing!  9-may tadbir senariysi

Dunyo imoratlari ichida eng ulug`i maktab bo`lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o`qituvchilik va muallimlilikdir.                                 I.Karimov

Ustozlar aziz yurtning eng aziz, ulug` va mo`tabar kishilaridir.

                                                                                           I.Karimov

Haq yo`lida kim sanga bir harf o`rgatmish ranj ila,

Aylamak bo`lmas ado, oning haqin ming ganch ila.

                                                                   Alisher Navoiy

Jahonda bo`lmasa muallim agar,

Hayot ham bo`lmasdi go`zal bu qadar.

                                                                     Abdurahmon Jomi

Sizdan boshlanadi asli tafakkur

Munis muallimlar sizga tashakkur

                                                                     Abdulla Oripov

Ilmdan bir shula dilga tushgan on,

Shunda bilursankim ilim bepayon.

                                                                               A.Firdavsiy

O`quv qayda bo`lsa ulug`lik bo`lur

Bilim qayda bo`lsa buyuklik bo`lur

                                                                      Yusuf Hos Xojib

Ilimdan yaxshiroq xazina bo`lmas

Qo`lingdan kelgancha terib olsang, bas.

                                                                    D.I.Mendeleyev

“Ustoz-otangday ulug`”

“Siz shunday buyuksiz, muallim”

“Ustoz so`zi mangu mash’al”

“O`qituvchi inson qalbining memoridir”

“O`qituvchi aql-zakovat. mehr-muruvvat qo`rg`onidir”

O`qituvchi hayot bo`stonining bog`boni,

Nasllar yo`lining charog`onidir

Qiz: Endi navbat maktab faollariga

Yigit: — bu yorug` olamda onadan mehribon, otadek g`amxo`r, har birimiz uchun aziz va mo`tabar bo`lgan ulug` zot bu muallim va murabbiylardir.

Qiz: — bu buyuk zotga xalqimiz azaldan hurmat bajo etgan qur’oni karimda “Ilmni bergan va yuksaltirganlarning ikki dunyoga yaraqlab martabalari ulug` qilinjak” deyilgan. Demak, ustozlarga ollohning nazari tushgan.

Yigit: aziz xalqimizning bir naqlida

“Sen odamlarga bir yil yaxshilik qilmoqchi bo`lsang bug`doy ek, o`n yil yaxshilik qilmoqchi bo`lsang tok ekib bog` qil, umr bo`yi yaxshilik qilmoqchi bo`lsang o`qituvchilik qil”, deyilgan

Qiz: Ustozlarning sharafli ishlarini davlatimiz yuqori taqdirladi. Ko`pchilik ustozlar “O`zbekiston qahramoni” unvoniga sazovor bo`lganlar. Shu jumladan, Gurlan tumanidagi 5-maktab fizika va matematika o`qituvchisi: Anora Mahmudovaga Xiva shahridagi 20 mehribonlik uyining direktori Vera Borisovna Paklarga, Egambergan Karimovlarga O`zbekiston qahromoni unvoni berilgan.

O‘qing!  Kinotga tarif tadbir senariysi bolalar uchun malumot

Qiz: —

Nechog` baxtiyorman, ta’zimda shu top

Sizning sha’ningizga bitmoqdaman bayt.

Ne odam bo`lardim kitob

Biror harf tanimay tursaydim loqayd.

Sizku “Alifbo”dan “Qomus”gacha to

Bari barisini tanitgan ustoz

Yigit:

Ilk bor siz ko`rsatgan nurafshon zuhro

Bu kun she’rim ichra toshbekdir mumtoz

Siz mo`jaz yurakda yo`qolgan yog`du

Oqibat quyosh dek socha olur nur

Havaskor o`quvchilar tomonidan qo`shiq, o`g`il va qizlar raqsga tushadilar

Qiz:

Qiyos etgum keladi ustozlarni quyoshga

O`z mehrini qo`rini baxsh etadi har yoshga.

Bilganingda suyinib, bilmay qolsang kuyinib

Tasanodir ming bor ustozdagi bardoshga.

Yigit:

Ustoz yo`li porloqdir, ustoz yo`li yorug`dir

Ustoz ko`ngli xazina, saxovatga to`liqdir

Yetsang ustoz qadriga, eling seni ardoqlar

Nomin bering ustozning otangday ulug`dir

Qiz:

Shuning bilan sizlarni yana bir bora bayram bilan tabriklab, sizlarga sixat- salomatlik, oilaviy baxt ijodinggizda rivoj, sharafli ishingizga zafarlar tilab qolamiz, aziz va muhtarama ustozlar!

Загрузка ...
ASOSIY MENYU
QIDIRUV
SHERLAR